Jumladan, mahalladagi faoliyat yuritayotgan tikuv sexi faoliyati bilan tanishilib, unda yaratilgan ish o‘rinlari, xotin-qizlarning mehnat bilan bandligi hamda ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.Tikuv sexida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Bandlikni yanada oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ishlab chiqarish hajmini kengaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi.