Jumladan, mahalla hududidagi ichki yo‘llar (taxminan 450 metr) jiddiy ta’mirtalab holatga kelgani, bu esa aholi uchun harakatlanishda noqulayliklar tug‘dirayotgani ta’kidlandi.
Mazkur holatni inobatga olgan holda, Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborilib, “Mir Said Baraka” mahallasidagi ichki ko‘chalarni joriy ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.
Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi hudud aholisi uchun qulay sharoit yaratib, ularning kundalik hayotini yengillashtirishga xizmat qiladi.