Yangiliklar

Navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida tumanning “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida mutasaddi tashkilotlar tomonidan hududdagi demografik holat, maktabgacha yoshdagi bolalar soni, mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining quvvati hamda ulardagi yuklama darajasi tahlil qilindi. Tahlillar natijasida “Madaniyat” MFY hududida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etishga ehtiyoj mavjudligi asoslab berildi.

Slide 1 of 2