Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligini oshirish
Aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish
Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, maktab va ta’lim muassasalaridagi sport zallari hamda jihozlar holatini yaxshilash
Hokim yordamchilari tomonidan olib borilayotgan ishlar, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha dasturlar ijrosi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nafaqa va moddiy yordamlarni adolatli hamda shaffof ajratish
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatini kuchaytirish, ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish
Soliq tizimi vakillari tomonidan olib borilayotgan ishlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari
Deputat tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar nazoratga olinib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilishi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar aholining muammolarini joyida o‘rganish, ularni tizimli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.