Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#jarayon

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 11-Ma'rifat saylov okrugi deputati A. Hamidov o'z okrugi hududida faoliyat yurituvchi Ma'rifat mahalla yettiligi a'zolari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat asosiy e'tiborni aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni o'rganishga qaratdi. Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan qiziqdi va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan masalalarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tinglandi.

A. Hamidov o'z so'zida mahalla faollari va yettilik a'zolari oldiga qo'yilgan vazifalar ijrosini nazorat qilishini bildirdi.

Uchrashuvdan so'ng, deputat tashabbus ko'rsatib, mahalla binosi yonidagi yashil maydonda obodonlashtirish va tozalash ishlarini olib bordi, shu orqali aholini ekologik madaniyatga va jamoat ishlariga jalb qilishga shaxsiy namuna bo'ldi.

Slide 1 of 1