Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#jarayon

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Alisher Turdiyev hamda Nurafshon shahar Kengashi deputati A. Churatayeva Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasiga (TB) tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad — aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, deputatlar aholiga bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holatini alohida nazoratdan o‘tkazishdi.

Mazkur tashrif doirasida deputatlar birlashmaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan ham tanishdi. Xususan:

- Isitish tizimlarining holati;

- Bino va inshootlarning texnik holati;

- Bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish natijasida mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1