Bugun Sharof Rashidov tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman hokimi Asilbek Ashurov Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati sifatida eʼtirof etildi va raislik qildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Otabek Musirmonov ham ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi: “Ziyokor” saylov okrugida o‘tkazilgan saylov natijalari;
tumanda jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi ishlar;
ayrim ko‘chalarga nom berish va takroriy nomlarni o‘zgartirish;
ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamini ish bilan ta’minlash;
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish;
“Ochiq budjet” portali orqali g‘olib chiqqan loyihalarni amalga oshirish;
tuman mahalliy byudjeti mablag‘lar ajratish.