Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshi doimiy komissiyalari qo'shma majlisi bo'lib o'tdi.
янв.21
Tuman Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — kelajak taraqqiyoti uchun muhim qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Tumаn Kengаshi doimiy komissiyalari qo'shma yig'ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Korrupsiya salbiy illat
янв.21
Navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishlari bo'lib o'tdi.
Retseptsiz beriladigan dori vositalari bo‘yicha qonunchilik normalari

✔️“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, retseptsiz beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi ma’lumot ularning tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda belgilanadi. Yo‘riqnomalar dori vositasining tarkibi, qo‘llanish ko‘rsatmalari, dozalash tartibi va ehtimoliy yondosh ta’sirlarini o‘z ichiga oladi. 

 

 ✔️Shuningdek, bunday dori vositalari Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida qayd etiladi. Reyestr preparatlarning qonuniy muomalada bo‘lishini va ularning rasmiy tasdiqdan o‘tganligini ta’minlaydi. 

 

 ✔️Ushbu tartib dori vositalarining xavfsiz va maqsadga muvofiq qo‘llanilishini ta’minlashga, shuningdek farmatsevtika sohasidagi davlat nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi. 

 

 Baxriyev Nurillo Toshtemirovich, tuman Kengashi deputati