Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — kelajak taraqqiyoti uchun muhim qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Tumаn Kengаshi doimiy komissiyalari qo'shma yig'ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Korrupsiya salbiy illat
янв.21
Navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishlari bo'lib o'tdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!
янв.21
О‘qituvchi deputatlar muborakbod etildi.
Mahalla va maktab sporti deputat kuzatuvida: maktab ma’muriyati faolligi e’tiborda

Mahalla va maktab sporti deputat kuzatuvida: maktab ma’muriyati faolligi e’tiborda

Termiz tuman Kengashi deputati R. Shamanov va kotibiyat bosh mutaxassisi T. Murodov mahallalarda aholi va bolalar uchun yaratilgan sport inshootlari hamda umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari holatini yaqindan o‘rganishdi. Tekshiruv davomida hududlarda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha zarur maydonchalar va jihozlar mavjudligi aniqlanib, ularning holati bo‘yicha batafsil kuzatuvlar olib borildi.

Maktab rahbarlari va xodimlarning hududdagi aholi bilan faol ishlashi alohida e’tiborga loyiq. Oldingi mavsumlarda ular “Open Budjet” loyihasida g‘alaba qozonib, maktab stadionini yangilash, yugurish yo‘lakchasi va boshqa sport turlarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish ishlarini uddalashgan. Bu ishlar nafaqat o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sport muhitini yaratdi, balki hududdagi yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham xizmat qildi.

Bu mavsum esa maktab rahbarlari va xodimlar yana bir bor faol ishtirok etib, “Open Budjet” tanlovida kompyuterlar, elektron doskalar, AKT jihozlari va boshqa zarur o‘quv anjomlarini qo‘lga kiritishdi. Shu bilan birga, sport maydonchalari va ta’lim infratuzilmasi avvalgi yutuqlar bilan birlashtirilib, maktabdagi o‘quv jarayoni va sport mashg‘ulotlari yanada rivojlantirildi.

Deputatlar o‘rganish jarayonida maktabning tashabbuskorligi, xodimlarining faoliyati va aholi bilan samarali ishlashini alohida e’tirof etdilar. Ushbu tajribalar Termiz tumanidagi yoshlar uchun sportni rivojlantirish, raqamli texnologiyalar bilan zamonaviy ta’limni uyg‘unlashtirish va jismoniy tarbiya bilan intellektual o‘sishni birdek rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 11