Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — kelajak taraqqiyoti uchun muhim qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Tumаn Kengаshi doimiy komissiyalari qo'shma yig'ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Korrupsiya salbiy illat
янв.21
Navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishlari bo'lib o'tdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!
янв.21
О‘qituvchi deputatlar muborakbod etildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumanida Kengash ish rejasiga muvofiq “Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 2-Ijodkor saylov okrugi deputati Alibek Amanlikov bir qator uchrashuv va tadbirlarda ishtirok etdi.

⏩ Dastlab deputat "Ma’naviyat" mahallasida olib borilayotgan kanalizatsiya tarmog‘ini yangilash va ta’mirlash ishlarini o‘rganib chiqdi. Deputat qurilish jarayonini joyida ko‘zdan kechirib, mas’ullarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi hamda deputatlik nazoratini o‘rnatdi.

⏩ Shundan so‘ng, deputat "Sohil" mahalla fuqarolar yig‘inida joriy yilning 18-oktabr kuni O‘zbekiston “Nuroniylar” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilish ijrosini ta’minlash yuzasidan tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etdi. Tadbirda oilalarda ajrimlarning oldini olish, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari, shuningdek shariat nikohlarini rasmiylashtirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur tadbirda deputat Alibek Amanlikov hamda tuman “Nuroniylar” jamg‘armasi faollari, mahalla yettiligi va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishdi.

⏩ Boyovut tumanida o‘tkazilgan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari tadbirida ham qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu sport musobaqasida tuman nuroniylari, mahalla xodimlari va yoshlar o‘z jismoniy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tadbir yuqori ruhda o‘tib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.

Slide 1 of 5