Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — kelajak taraqqiyoti uchun muhim qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Tumаn Kengаshi doimiy komissiyalari qo'shma yig'ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Korrupsiya salbiy illat
янв.21
Navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishlari bo'lib o'tdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!
янв.21
О‘qituvchi deputatlar muborakbod etildi.
Farg‘ona tumanida ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz–qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganilmoqda

 Farg‘ona tumanida ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz–qish
mavsumiga tayyorgarligi o‘rganilmoqda
 

  

Farg‘ona
tumanida bugungi kunda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ijtimoiy infratuzilmalarni
kuz–qish mavsumiga tayyorlash masalasi ham joylarda puxta tashkil etilmoqda.
Aholining kundalik
turmush sharoiti, bolalarning ta’lim olishi, ustozlarning ish faoliyati barqaror
bo‘lishi uchun har bir ob’ektning tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga ega.
 

Shu maqsadda Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashi deputatlari Shuxratjon Raximov va Ozodaxon Dadajonova tomonidan
joylardagi holat o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
 

Deputatlar “Damko‘l” mahalla
fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida
bo‘lib, 2025–2026 yillar kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan
tanishdilar.
 

Ta’lim
muassasasida qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari reja asosida olib
borilayotgani qayd etildi. Biroq ayrim kamchiliklar ham aniqlanib, bu kamchiliklar
isitish tizimiga bog‘liq bo‘lganligi sababli mas’ullarga “Deputatlik so‘rovi” yuborilishi
bo‘yicha kelishib olindi.
 

Deputatlar ta’kidladilar:
“Bunday o‘rganishlar — faqat nazorat uchun emas, balki har bir muassasa faoliyatini
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, muammolarni joyida hal etish, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz
muhit yaratishga ko‘maklashish maqsadida amalga oshiriladi.”
 

Aynan shunday g‘amxo‘rlik
va mas’uliyatli yondashuv natijasida Farg‘ona tumanida ijtimoiy soha ob’ektlari
yangi mavsumni munosib kutib olishga tayyorlanmoqda.
  

Slide 1 of 3