Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — kelajak taraqqiyoti uchun muhim qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Tumаn Kengаshi doimiy komissiyalari qo'shma yig'ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Korrupsiya salbiy illat
янв.21
Navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishlari bo'lib o'tdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!
янв.21
О‘qituvchi deputatlar muborakbod etildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

2025-yil 3-oktyabr kuni XDP Boyovut tuman Kengashi partiya guruhi a’zolari “Toza hudud” DUK Boyovut tuman filialida ish faoliyati bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida aholining ko‘p marotaba bildirgan e’tirozlari asosli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tashkilot faoliyatida bir qator jiddiy kamchiliklar mavjud:

⚫️10 ta xizmat mashinasidan atigi 6 tasi ish faoliyatida, 1 tasi jarima maydonchasida, yana 2 tasi ta’mirtalab;

⚫️Yuk ortuvchilar yetishmaydi, oylik maosh past va 2 oydan beri berilmagan;

⚫️Xodimlar uchun gigiyenik sharoit – dush, yuvinish joylari mavjud emas;

⚫️Isitish tizimi o‘rnatilmagan;

⚫️Baxtsiz hodisa tufayli xodimlar ishlatadigan mashina 13-iyundan buyon jarima maydonchasida turibdi;

⚫️Tashkilot kirish yo‘li yonidagi yer tadbirkor tomonidan to‘yxona qurish uchun egallab olinish xavfi bor.

✍️ Ishchi guruh ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi. Jumladan, filialning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, xodimlarning oylik ish haqini o‘z vaqtida berish, ijtimoiy soha maxsus mashinalarini jarima maydonchalaridan qaytarish tartibini belgilash, shuningdek, xodimlar uchun sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaratish zarurligi qayd etildi.

📌 Deputatlar ushbu masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilish va muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha o‘z tashabbuslarini davom ettirishadi.

Slide 1 of 4