Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshi doimiy komissiyalari qo'shma majlisi bo'lib o'tdi.
янв.21
Tuman Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — kelajak taraqqiyoti uchun muhim qadam!
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Tumаn Kengаshi doimiy komissiyalari qo'shma yig'ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Korrupsiya salbiy illat
янв.21
Navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishlari bo'lib o'tdi.
Yoshlar salomatligi — millat ravnaqi, kelajak kafolati!

 Yoshlar salomatligi — millat ravnaqi, kelajak kafolati! 

Bugungi kunda yoshlarimiz qanday tarbiya
topsa, ertangi kun shunday shakllanadi. Shu bois, ularning sog‘lom, bilimli va barkamol
bo‘lib voyaga yetishi — davlatimiz va jamiyatimiz uchun eng muhim vazifadir. 

Shu maqsadda biz — O‘zbekiston “Adolat” SDPdan saylangan
deputatlar ta’lim muassasalarida
yaratilayotgan sharoitlar, o‘quvchi-yoshlar salomatligi va ularning turmush tarzini
doimiy ravishda o‘rganib, muammolar yechimini topishga intilmoqdamiz. 

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi
deputati Qahramon Makarov ham mahalla yettiligi va mas’ullar bilan hamkorlikda Qo‘riq
mahallalari hududidagi 31-sonli maktabda bo‘lib, qator masalalarni o‘rgandi. 

Avvalo, maktab oshxonasida o‘quvchilar
uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maktab atrofidagi
do‘konlarda fast-fud mahsulotlari va energetik ichimliklar savdosi tahlil qilindi.
Tadbirkorlar bilan muloqotda ularga yoshlar salomatligini asrash borasida mas’uliyatli
bo‘lish, zararli mahsulotlarning og‘ir oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi. 

Shu bilan birga, maktabning kuz-qish
mavsumiga tayyorgarligi ham ko‘rib chiqildi. 

Haqiqatan ham, farzandlarimizning sog‘ligi
— yurtimiz kelajagi sog‘ligi demakdir. Agar yoshlarimiz sog‘lom, ma’naviy va jismoniy
jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetsa, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovon
kelajagi kafolatlanadi. 

Yoshlar salomatligi — bu faqat bir sohaning
emas, balki butun jamiyatimizning umumiy mas’uliyatidir!  

Slide 1 of 3