Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov tashabbusi bilan "Navbahor" mahallasidagi “Imom Ismoil Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda jome masjidi imom-xatibi B.Xatamboyev, mahallamizning faol nuroniylari, hoji otaxonlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Imom-xatib va nuroniylar bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa yosh avlod oldidagi burch va mas’uliyat, milliy qadriyatlarni asrash, ma’naviy poklik, insoniylik, Vatanga sadoqat, hamda oilaviy qadriyatlarning ahamiyati xususida keng ma’ruza qildilar. Ishtirokchilar tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tinchlik va barqarorlikning qadri, yurt taraqqiyotidagi har bir fuqaroning o‘rni va mas’uliyati haqida fikr almashildi.

Tadbir yakunida faol nuroniylar tomonidan mahallamizda faoliyat yuritayotgan 32-sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga esdalik sovg‘alari va kichik tuhfa-salomlar topshirildi. Bu kabi tashabbuslar yosh avlod tarbiyasida mehr, e’tibor va hamkorlik muhitini shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5