📌 Deputatlik nazorati: muammolar va ularning yechimi nazoratda
Xalq deputatlari Sayxunobod tumani Kengashida har bir deputatga tumandagi tegishli tashkilot va muassasalar biriktirilgan bo‘lib, deputatlar o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlarda bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishib boradilar.
Shuningdek, deputatlar tomonidan qonunlar, qarorlar hamda farmonlarning tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ijrosi o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilanadi.
🔎 Bugungi o‘rganish deputat Sh. Shamatovaga biriktirilgan MMTBda o‘tkazildi.
O‘rganish davomida MMTB rahbari N. Mirzayev hamda boshqa mas’ullar bilan suhbatlashilib, sohadagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi muhokama qilindi.
Aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida hal etish, belgilangan vazifalarning sifatli va samarali bajarilishini ta’minlashdir
📲 Bizni kuzatib boring:
🔹 Telegram: https://t.me/sayxun_deputatlar_kengashi
🎓 2-sonli politexnikumda yoshlar bilan uchrashuv
Xalq deputatlari Sayxunobod tumani Kengashi deputati A. Ernazarov 2-sonli politexnikumda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.
🌱 Yoshlar bilan ochiq muloqot — ularning tashabbus va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashning muhim omilidir.
📲 Telegram: https://t.me/sayxun_deputatlar_kengashi
📘 Facebook: https://www.facebook.com/groups/385626984127272/
#Sayxunobod #Deputat #Yoshlar #Politexnikum #Uchrashuv #YoshlarBilanMuloqot
🌱 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA EKOLOGIK MADANIYAT MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashi huzuridagi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala muhokama qilindi.
📌 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-184-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan hisobot eshitildi.
🗣 Hisobotni Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Sayxunobod tuman bo‘limi boshlig‘i A. Abduholiqov taqdim etdi.
Yig‘ilish davomida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, ekologik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasidagi vazifalar muhokama qilindi.
🔗 Telegram: https://t.me/sayxun_deputatlar_kengashi
🔗 Facebook: https://www.facebook.com/groups/385626984127272/
📊 SESSIYA OLDI O‘RGANISH: SAYXUNOBOD TUMANINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHI TAHLIL QILINDI
Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “Sayxunobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish yuzasidan joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan hamda yil yakuniga qadar bajarilishi belgilangan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlar “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi talablari asosida tashkil etildi.
Jarayon davomida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari G‘. Xoliqberdiyev hamda tuman Moliya bo‘limi rahbari o‘rinbosari Q. Shovqiddinov bilan birgalikda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, mavjud imkoniyatlar va yil yakuniga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar atroflicha o‘rganildi.
📲 Telegram: https://t.me/sayxun_deputatlar_kengashi
📘 Facebook: https://www.facebook.com/groups/385626984127272/
⚡️ 19¹-MODDA ASOSIDA DEPUTAT NAZORATI: ELEKTR TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashi deputati M. Axmedov tomonidan Guliston mahallasida sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi talablari asosida tashkil etilib, mahallaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, elektr tarmoqlarining texnik holati hamda aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
🔹 Tumanda jami 837 ta transformator mavjud bo‘lib, shundan 395 tasi tuman elektr ta’minoti korxonasi, 442 tasi iste’molchilar balansida.
🔹 Elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi 967 kilometrni tashkil etadi.
🔹 Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida avariya brigadalari shakllantirilib, ularga biriktirilgan 3 ta avtotransport vositasi texnik jihatdan shay holatda.
🔗 Telegram: https://t.me/sayxun_deputatlar_kengashi
🔗 Facebook: https://www.facebook.com/groups/385626984127272/
💧 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
Muammo ko‘tarildi — yechim topildi!
Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashi deputati R. Normuhamedov tomonidan Shodlik mahallasida ichimlik suvi quvurlaridagi nosozliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.
Mazkur deputat so‘rovi natijasida muammo mas’ullar tomonidan o‘rganilib, ijobiy hal etildi. Aholining sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlanishiga xizmat qiluvchi quvurlardagi nosozliklar bartaraf etildi.
📌 Deputatlik nazorati — aholi murojaatlarini amaliy yechimga yo‘naltirish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning ijrosini ta’minlashning muhim vositasidir.
Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashi kotibiyati
🔹 Telegram: https://t.me/sayxun_deputatlar_kengashi
🔹 Facebook: https://www.facebook.com/groups/385626984127272/
💧 SHODLIK MAHALLASIDA OQAVA SUV TIZIMI BO‘YICHA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI
Muammo o‘rganildi — amaliy yechim sari dastlabki qadam tashlandi!
Shodlik mahallasida PQ-49-son qarori ijrosi doirasida tuman markazidan oqava suv tizimini olib kelish bo‘yicha dastlabki amaliy ishlar boshlandi.
Mazkur loyiha mahalla aholisi uchun muhim qulayliklar yaratishi bilan birga, hududdagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga ham xizmat qiladi.
🌱 Oqava suv tizimining ishga tushirilishi natijasida 100 dan ortiq xonadon o‘z tomorqa yerlarini sug‘orish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Bu esa, o‘z navbatida, xonadonlarning tomorqadan unumli foydalanishi, ekinlarni parvarishlashi va qo‘shimcha daromad manbalarini kengaytirishiga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashi kotibiyati
📲 Telegram: "https://t.me/sayxun_deputatlar_kengashi"
📘 Facebook: "https://www.facebook.com/groups/385626984127272/"
🏫 PQ–377 IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
📍 Sayxunobod tumanida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori — PQ–377-son qarori ijrosi doirasida Sayxunobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlarning holati joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.
🔎 Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashi deputati Z. Mahmudov tomonidan Nurobod mahallasida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan ishlar bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda ta’lim muassasasini yangi o‘quv yiliga tayyorlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
📌 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.
🏛 Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashi kotibiyati
📲 Telegram: https://t.me/sayxun_deputatlar_kengashi
📘 Facebook: https://www.facebook.com/groups/385626984127272/
🏥 DEPUTAT NAZORATI: IMTIYOZLI TIBBIY XIZMATLAR O‘RGANILDI
📍 Paxtabod MFY
O‘rganishlar “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi talablari asosida tashkil etildi.
Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashi deputati I. Beknazarov o‘zi saylangan Paxtabod mahallasidagi oilaviy shifokorlik punktida (OShP) aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, jumladan, imtiyozli dori-darmon bilan ta’minlash holatini joyiga chiqib o‘rgandi.
🔹 O‘rganishlar davomida 36 nafar fuqaroga imtiyozli orderlar berilgani;
🔹 19 nafar fuqaroga bepul dori-darmon vositalari ajratilgani ma’lum bo‘ldi.
📌 Deputat tomonidan aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, imtiyozli xizmatlarning amaldagi holati hamda fuqarolarning murojaatlari yuzasidan tegishli masalalar o‘rganildi.
Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashi Kotibiyati
🔗 Telegram: https://t.me/sayxun_deputatlar_kengashi
🔗 Facebook: https://www.facebook.com/groups/385626984127272/
📋 BUGUNGI ISH REJASI — ANIQ MAQSAD, AMALIY NAZORAT!
🏛 Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashi kotibiyati tomonidan 2026-yil 11-avgust kuni belgilangan ishlar izchil amalga oshiriladi.
🔹 Deputatlar faoliyatiga ko‘maklashish
🔹 Hududdagi muammolarni o‘rganish
🔹 Doimiy komissiyalar ishini tashkil etish
🔹 Nazorat yo‘nalishlarini keng yoritish
🔹 Kunlik ishlar ijrosini tahlil qilish
Har bir vazifa — xalq manfaatlari yo‘lida! 🇺🇿
Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashi kotibiyati
📲 Telegram: https://t.me/sayxun_deputatlar_kengashi
📘 Facebook: https://www.facebook.com/groups/385626984127272/