Bugun, haftaning payshanba kuni — “Yoshlar kuni” doirasida Sardoba tumani hokimi deputat Ziyadulla Karimov boshchiligida "Do‘stlik" mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslar, shuningdek, "Start-up" loyihalari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi hamda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.