Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏫 “JASORAT MAKTABI” FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Botirov hamda 5-Ko‘hnabozor saylov okrugidan saylangan deputat N.Soliyev tomonidan A.Temur mahallasida joylashgan 55-sonli “Jasorat maktabi” faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida muassasada yaratilgan sharoitlar, sport mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan maydon va mavjud jihozlarning holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda mashg‘ulotlar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2