35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi


Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning murojaatlari va muammolarini aniqlash hamda mavjud masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2