35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DO‘STLIK KO‘CHASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI IZCHIL O‘RGANILMOQDA.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida tumandagi Do‘stlik ko‘chasida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida ko‘cha infratuzilmasini yaxshilash, hududni obodonlashtirish, aholi uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun munosib muhit shakllantirishga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining sifati, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.
Bunday o‘rganishlardan asosiy maqsad — belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bilan bir qatorda, aholi uchun yana-da obod, xavfsiz va qulay muhit yaratish, ko‘chalar infratuzilmasini yaxshilash hamda hududlarni namunaviy ko‘rinishga keltirish ishlarini samarali tashkil etishdan iborat

Slide 1 of 2