Ekspert guruhi faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Amanov, Ekspert guruhi a’zosi A.Axmurodovlar tumandagi 6-sonli umumta’lim maktabida uchrashuv o‘tkazdilar.Ushbu uchrashuvda Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid takliflar amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosi va ularni joylarda qo‘llash, iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, ekalogiya va atrof-muhit muhofazasi, tumanning infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.
Xulosa o‘rnida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularga amaliy yechimlar ishlab chiqishda muhim o‘rin tutadi. Ekspert guruhi faoliyati Kengash va jamoatchilik o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishga ham xizmat qiladi.