Yangiliklar

Murojaatlar tahlili — muammolar yechimi sari muhim qadam,

28-aprel kuni ish rejasi ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati J. Umarov tomonidan Xalq qabulxonalariga kelib tushgan, biroq ijobiy hal etilmagan murojaatlar kesimida mavjud muammolarni atroflicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Jarayon davomida har bir murojaat mazmuni chuqur tahlil qilinib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari o‘rganildi. Ayniqsa, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, bandlik va infratuzilmaga oid muammolarga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan murojaat mualliflari bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi hamda har bir masala yuzasidan amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur ishlar aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, har bir muammoni manzilli hal etish va fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2