Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q. O‘tayev tomonidan 28-aprel ish rejasiga asosan Qo'rg‘ontepa mahallasida istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv davomida keksa avlod vakillarining hayotiy tajribasi, ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati alohida e’tirof etildi. Shuningdek, fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-maishiy masalalar, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va infratuzilmaga oid muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
Q. O‘tayev tomonidan bildirilgan har bir taklif va murojaat e’tibor bilan qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi ta’kidlandi. Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi.
Shu kabi muloqotlar aholi bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, ayniqsa keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.