🏛 Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri Voxid Xasanov tomonidan Obod yurt MFY hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida, ayniqsa, ko‘p qavatli uylar atrofidagi ichki yo‘llarning holati, ularni ta’mirlash va yaxshilash ishlari hamda oqava suvlarni chiqarish uchun yotqizilayotgan quvurlar (trubalar) o‘rnatilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
📌 Hududda olib borilayotgan ishlar doirasida:
• Ichki yo‘llarni tartibga keltirish va ularni yaxshilash
• Oqava suv tizimini yaxshilash maqsadida quvurlar yotqizish
• Aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilma yaratish ishlari amalga oshirilmoqda
👷♂️ Mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlarning sifati, muddatlari hamda amaldagi holati yuzasidan tegishli o‘rganishlar olib borildi.