Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash bo‘yicha komissiya xulosasi e’lon qilindi.
янв.21
📢 Samarqand shahar ma’muriy-hududiy chegaralarini kengaytirish bo‘yicha komissiya xulosasi e’lon qilindi.
янв.21
📌 “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash bo‘yicha hisobot taqdim etildi.
янв.21
📢 Samarqand shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida muhim qaror qabul qilindi.
янв.21
Samarqand shahar hokimligi majlislar zalida xalq deputatlar Samarqand shahar Kengashining navbatdan tashqari yettichi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Oliy Majlis deputati Samarqandda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Kompolshik Elena Aleksandrovna Samarqandga tashrif buyurib, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, mahalla institutining faoliyati, ekologik masalalar, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi 2-dekabr kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.
янв.21
📌 Bugun — 17-Noyabr . Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2025-yil 24-oktabr kuni Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiya oldi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
Biz zo'ravonlikka qarshimiz!

Mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, xususan, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, bu borada davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini takomillashtirish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda

Jumladan, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari N.Kiyamov hamda M.Umirova birgalikda tumanimizdagi 4-umumta’lim maktabida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiqlarga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbatida mavzuga aloqador masalalar muhokama qilindi. Oilalar, mahallalar hamda turli tashkilotlardan noxush holatlarning oldini olish uchun nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida so‘z bordi.

Shuningdek, Bosh Qomusimiz hamda qonunlardagi xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari, ularni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari xususida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilish borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar haqida tavsiyalar berildi.

Davra suhbati savol-javob va bahs-munozaralar ostida qiziqarli o‘tdi.

Slide 1 of 5