✅Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi 2-dekabr kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.
🤔Sessiya ishini Kengash raisi Sh.Negmatov olib bordi. Sessiya ishida bir qator masalalar ko'rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi davomida “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2026-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan” Xalq deputatlari viloyat Kengashi nazoratini o‘rnatish to‘g‘risida
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
17-yanvardagi “2025-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida” PQ-12-son qarori ijrosi yuzasidan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Maxmudov Temur Asomidinovichning hisoboti.
— Ishtixon tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida.
— Xalqaro moliyaviy instituti mablag‘lari hisobidan xalqaro ahamiyatidagi A377 “Samarqand - Ayniy” avtomobil yo‘lining 0-37 km qismini rekonstruksiya qilish loyiha konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.
— O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida.
— Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.
— Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 23-sentabrdagi “Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” 135-son qaror bilan ajratilgan mablag‘larning tejab qolingan qismini qaytadan yo‘naltirish to‘g‘risida.
— Samarqand viloyatida Renovatsiya loyihasini tashabbus qilish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda Eng yaxshi takliflar asosida hamkorni tanlab oluvchi tanlov komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
— Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatish chizmasi loyihasini kelishish to‘g‘risida.
— Viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
— Boshqa masalalar.