📌 “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash bo‘yicha hisobot taqdim etildi.
Samarqand shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori o‘rinbosari Botir Norbekov Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari oldida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini mahallalar bo‘yicha qayta taqsimlash yuzasidan hisobot berdi.
Hisobotda ta’kidlanishicha:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2024-yil 31-maydagi 313-sonli va 2025-yil 23-iyundagi 462-sonli qarorlari bilan ijtimoiy jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish tartibi aniq belgilangan.
🔹 Qarorda ko‘rsatilgan Nizomga muvofiq, tuman/shahar xalq deputatlari Kengashlari mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatdan kelib chiqib, mablag‘larni ko‘paytirish yoki kamaytirish huquqiga ega.
🏘 Mahallalarda aniqlangan holat
Viloyat hokimi topshirig‘iga ko‘ra Samarqand shahrining quyidagi mahallalarida markazlashgan isitish tizimiga ulash jarayonida kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash belgilangan:
A.A.Rudakiy
Xumo
A.Beruniy
Gullar bog‘i
Oltin Asr
Bog‘dod
Orzu
📊 Birlamchi o‘rganish natijalari:
• 194 ta kambag‘al oilalar
• 174 ta daromadi 2 barobar minimal iste’mol xarajatlaridan oshmaydigan oilalar aniqlangan.
Bu mahallalarda jamg‘arma hisobida atigi 173,3 mln so‘m mablag‘ mavjud bo‘lib, bu ehtiyojni qoplash uchun yetarli emas.
🔄 Qayta taqsimlash zarurati
Boshqa mahallalarda:
• mablag‘larning ishlatilmay turgani,
• kambag‘al oilalar ulushining pastligi,
• optimallashtirish jarayonlarida ayrim mahallalar qisqargani
sababli bo‘sh mablag‘larni yuqoridagi 7 ta mahallaga yo‘naltirish maqsadga muvofiq deb topildi.