35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar o‘zaro hamkorlikda ish tajribalarini almashmoqda
янв.21
Deputat mahallada fuqarolar bilan uchrashib, murojaatlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Ishlab chiqarish salohiyati va yangi investitsiya loyihalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Deputatlik faoliyati doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Hududdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar tinglandi
янв.21
Deputat mahalla faollari oldida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi
янв.21
Boston mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi muhim qonunlar
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar tinglandi

Qabul davomida saylovchilar tomonidan elektr ta’minoti, uy-joy va kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tinglanib, har bir murojaatning mazmun-mohiyati batafsil o‘rganildi.
Shuningdek, murojaatlar bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari asosida fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, ayrim masalalarni joyida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa ijroga qaratilib, mutasaddi tashkilotlarga yuborish hamda ularning ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini bevosita tinglash, hududdagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta'kidlandi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan barcha murojaatlar belgilangan tartibda nazoratga olinib, ularning qonuniy va ijobiy yechim topishi yuzasidan amaliy ishlar davom ettiriladi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot va hududdagi dolzarb masalalarni tizimli o‘rganish samarali deputatlik faoliyatining muhim mezoni hisoblanadi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 1