35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar o‘zaro hamkorlikda ish tajribalarini almashmoqda
янв.21
Deputat mahallada fuqarolar bilan uchrashib, murojaatlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Ishlab chiqarish salohiyati va yangi investitsiya loyihalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Deputatlik faoliyati doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Hududdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar tinglandi
янв.21
Deputat mahalla faollari oldida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi
янв.21
Boston mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi muhim qonunlar
Deputat mahalla faollari oldida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi

Uchrashuv davomida deputat tomonidan saylov okrugi hududida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari asosida erishilgan natijalar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoya, mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda xotin-qizlarni qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

Faollar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish hamda ularning ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha kelishib olindi.

Xotin-qizlar bilan doimiy muloqot qilish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish hududlar rivoji va jamiyat farovonligini ta’minlashning muhim omillaridan biridir.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 1