35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar o‘zaro hamkorlikda ish tajribalarini almashmoqda
янв.21
Deputat mahallada fuqarolar bilan uchrashib, murojaatlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Ishlab chiqarish salohiyati va yangi investitsiya loyihalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Deputatlik faoliyati doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Hududdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar tinglandi
янв.21
Deputat mahalla faollari oldida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi
янв.21
Boston mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi muhim qonunlar
Deputat saylovchilarga axborot berdi
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzodi ilgari surilib, 8-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputat Ashurov Muzaffar Ortiqboyevich 2026-yilning ikkinchi chorak yakuni bilan amalga oshirgan ishlari yuzasidan tumanning “Navro‘z” mahallasida saylovchilariga axborot berdi.

Yig‘ilishda Kengash kotibiyati mudiri J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva, “mahalla yettiligi” a’zolari va “Navro‘z” mahallasi aholi vakillari ishtirok etdilar.

⬇️Yig‘ilishni kotibiyat mudiri J.Sadirov olib borib
mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, aholi farovonligi yo‘lida qabul qilinayotgan Qonunlar, Prezident Farmon va qarorlari mazmun mohiyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, Davlat Rahbari belgilab bergan “Kuchli Kengash, tashabbuskor va hisobdor hokim” tamoyili asosida vakillik organi va ijro hokimiyati hamkorligida olib borilayotgan ishlar haqida keng ommani xabardor qildi.

Shuningdek, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda va aholining hayotiy muammolarini hal etishda deputatlarning o‘rni, Kengash qarori asosida tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar, tumandagi “Og‘ir toifadagi mahallalar”, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar”, “Chegaraoldi hududlardagi mahallalar”, “Zarbdor tajribasi”, “2026-2028-yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

⬇️Deputat M.Ashurov kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha
axborotini berib, o‘tgan davr mobaynida aholidan kelib tushgan murojaatlar, muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari, yuborilgan deputat so‘rovlari va erishilgan natijalar yuzasidan axborot berdi. Shu bilan birga, kelgusiga mo‘ljallagan rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Yig‘ilish kun tartibining ikkinchi masalasi bo‘yicha “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi A.Abduqayumov so‘zga chiqib, deputat bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlar, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi hamda saylovchilar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Slide 1 of 6