35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar o‘zaro hamkorlikda ish tajribalarini almashmoqda
янв.21
Deputat mahallada fuqarolar bilan uchrashib, murojaatlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Ishlab chiqarish salohiyati va yangi investitsiya loyihalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Deputatlik faoliyati doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Hududdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar tinglandi
янв.21
Deputat mahalla faollari oldida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi
янв.21
Boston mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi muhim qonunlar
Deputat mas’uliyati — nazoratda: Sustkashlikka yo‘l qo‘ygan xalq vakillari faoliyati keskin muhokama qilinadi!

O‘tgan haftalik faoliyat sarhisob qilindi:
Yig‘ilishda shahar Kengashi deputatlarining o‘tgan hafta davomida o‘z saylov okruglarida amalga oshirgan ishlari, aholi bilan muloqotlari, "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasidagi nazorat tadbirlari va murojaatlar bilan ishlash holati tahliliy va tanqidiy ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar davomida o‘z okrugida tizimli ish tashkil etmagan, saylovchilar uchrashuvlarini kechiktirgan hamda deputatlik faoliyatiga mas'uliyatsizlik bilan yondashgan bir qator deputatlar aniqlandi.

Yig‘ilish yakunida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan deputatlar faoliyati Kengashning navbatdagi Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida atroflicha va keskin ko‘rib chiqilishi qat'iy belgilab olindi.

"Deputat har kuni xalq ichida, okrugida yonib ishlashi shart. Haftada bir marta deputatlik kunida shunchaki mahalla binosiga kelib-ketish bilan ish bitmaydi. Saylovchilar ishonchini suiste'mol qilgan har bir deputatning xulq-atvori va mas’uliyati doimiy komissiyada qonuniy ko‘rib chiqiladi," — deya ta'kidladi shahar Kengashi raisi D.Normuradova.

Xalq ishonchini oqlash va deputatlik intizomini mustahkamlash yo‘lidagi nazorat tadbirlari qat’iy davom ettiriladi.