O‘rganish davomida shifoxonada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik ta'minot, dori vositalari bilan ta'minlanganlik hamda sanitariya-gigiyena holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, shifoxona rahbariyati va mas'ul mutaxassislar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ularning ijrosi doimiy nazoratga olinishi belgilandi.
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi