6-iyul – 10-iyul kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
🔹 06.07.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov
🔹 07.07.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna “Jayxun” MFY yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalarini o‘rganadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov
🔹 08.07.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich Ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va investitsiyalar holatini o‘rganadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov
🔹 09.07.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda mahallalarda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rganadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov
🔹 10.07.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Bekimbetova Sayyara Seytimovna hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holatini o‘rganadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov