Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
“Yangiariq” MFY hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

“Yangiariq” MFY hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev tashabbusi bilan “Yangiariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, G‘alaba shoh ko‘chasi bo‘ylab joylashgan uchastkalarning devorlarini bo‘yash va hududni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur ishlar doirasida ko‘cha bo‘yidagi turar joylar va infratuzilma ob’ektlari tashqi ko‘rinishini yaxshilash, hududning estetik qiyofasini yanada chiroyli va tartibli holga keltirishga alohida e’tibor qaratildi. Obodonlashtirish jarayonlari mahalla faollari va tegishli xizmatlar hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilash, mahalla hududini yanada obod va ko‘rkam qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi ishlar izchil davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, hududni tartibli saqlash va amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarini asrab-avaylash muhimligi qayd etildi.Mazkur tadbir yakunida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fotolavhalar taqdim etildi.

Slide 1 of 3