Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq platformasi orqali kelib tushgan murojaatlar ijro holati o‘rganildi

Xalq platformasi orqali kelib tushgan murojaatlar ijro holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga qo‘yilgan masalalar doirasida “Xalq platformasi” orqali kelib tushgan murojaatlarning ijro holati o‘rganildi.

Mazkur jarayonda fuqarolar tomonidan yuborilgan murojaatlarning mazmuni, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda ijro intizomi holati tahlil qilindi. Shu bilan birga, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va samarali hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida murojaatlarning ijrosini ta’minlashda tizimli yondashuvni kuchaytirish, mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda aholi muammolarini tezkor hal etish samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, “Xalq platformasi” orqali kelib tushayotgan murojaatlar fuqarolarning dolzarb masalalarini aniqlash va ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish va uning ijrosini ta’minlash masalasi doimiy nazoratda bo‘lib qoladi.

🇺🇿XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI KOTIBIYATI

Slide 1 of 3