Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova hamda “Adolat” SDP hamkorligida “Deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish – saylovchilar manfaatlarini ta’minlashning muhim omili” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlarining vakolatlari, saylovchilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, deputat so‘rovi institutidan samarali foydalanish hamda hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish va ularni hal etishda deputatlarning faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan doimiy ravishda joylarga chiqib o‘rganishlar olib borish, fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish, Kengash sessiyalarida dolzarb masalalarni ko‘tarish va qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan ta'sirchan nazoratni amalga oshirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish, saylovchilar bilan muloqotni mustahkamlash hamda mahalliy Kengashlarning nufuzi va ta’sirini oshirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3