Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan o‘z saylov okrugida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalardan biri — Angor tumanida suv resurslarini samarali boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mavjud mahalla fermer xo'jaligidagi tarmoqlari va suv xo‘jaligi obyektlarining bugungi holati ko‘zdan kechirilib, ulardan samarali foydalanish, suv yo‘qotilishining oldini olish hamda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralarni belgilash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur o‘rganish natijalari xalq deputatlari Angor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida atroflicha muhokama qilinadi.

Slide 1 of 1