Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati I. Masharipov tomonidan 2026-yil 12-iyunda 69-ds-448-26-sonli deputat so‘rovi yuborilgan edi.
📍 Mazkur so‘rovda Shovot tumani Qirg‘oqbo‘yi mahallasi hududida, 90 V 061 avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yer to‘lalari va atrofida kanalizatsiya tarmoqlaridagi nosozliklar sababli oqava suvlarning ochiq maydonga chiqib ketayotgani hamda bu holat aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani ko‘tarilgan.
📨 Deputat so‘rovi “Xorazmsuvta’minoti” AJ Shovot tumani filiali boshlig‘i K. Vaisovga yuborilib, muammoni o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan edi.
✅ Mazkur murojaat yuzasidan “Xorazmsuvta’minoti” AJ Shovot tumani filiali tomonidan tegishli ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, kanalizatsiya tarmoqlaridagi nosozliklar bartaraf etildi.
📄 Tashkilot tomonidan 2026-yil 23-iyun kuni taqdim etilgan javob xatiga ko‘ra, hududdagi muammo to‘liq bartaraf etilgan.
🤝 Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 5