Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Liftlar holati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a'zosi Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna o‘z saylov okrugi hududida joylashgan Zarqo‘rg‘on mahallasidagi 24-uyda bo‘lib, ko‘p qavatli uy liftlarining texnik holatini hamda eskirgan liftlarni almashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.
✔️O‘rganish davomida mavjud liftlarning holati ko‘zdan kechirilib, aholi uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ta'mirlash va yangilash ishlari yuzasidan mas'ullar bilan muloqot qilindi. Shuningdek, eskirgan liftlarni zamonaviy va xavfsizlik talablariga javob beradigan yangi liftlarga almashtirish jarayonining borishi deputat tomonidan nazorat qilindi.
Mazkur o‘rganishlar fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, uy-joy kommunal xizmatlari sifatini yaxshilash hamda aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida amalga oshirilmoqda.
➡️Deputat tomonidan hududdagi infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar bundan buyon ham tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 3