Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasi Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan tanishdi

#Tajriba_almashinuvi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasi Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan tanishdi

🏛 Oliy Majlisi Senati tashabbusi bilan tashkil etilgan tajriba almashuv safari doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi hamda tuman Kengashlari deputatlaridan iborat delegatsiya xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

📍 Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga Kogon shahar Kengashining tashkiliy tuzilmasi, deputatlik korpusi faoliyati, doimiy komissiyalar ishini yo‘lga qo‘yish tajribasi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

💬 Uchrashuvda mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi o‘rni, aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasidagi amaliy ishlar, shuningdek, deputatlarning saylovchilar bilan muloqotini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🔺 Tomonlar tomonidan Kengashlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini keng joriy etish, deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish hamda fuqarolar bilan ishlashning samarali mexanizmlarini qo‘llash bo‘yicha o‘zaro fikr va takliflar almashildi.

🗣 Shuningdek, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, mahalliy vakillik organlarining vakolat va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Mazkur uchrashuv mahalliy Kengashlar o‘rtasida tajriba almashish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda deputatlik faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladigan muhim muloqot maydoniga aylandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8