Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala o'rganildi

Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala o'rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamda tuman Kengashi deputati E.Hamroyevlar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan “Surxondaryo suv ta’minoti AJ” Qiziriq tumani filialida o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish davomida tumanda ichimlik suvi ta’minoti holati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, suv ta’minoti tizimida energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

O‘rganish yakunida sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar jamlanib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda sohada xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

Deputatlar tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5