Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
FUQAROLAR MUROJAATI E'TIBORDA!

Andijon shahridagi bir qator piyodalar svetoforlari tungi vaqtlarda ham odatiy ish rejimida faoliyat yuritayotgani fuqarolar tomonidan ko‘plab e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Kechki va tungi soatlarda transport va piyodalar oqimi keskin kamayishiga qaramay, svetoforlarning avvalgi tartibda ishlashi haydovchilar va fuqarolarning ortiqcha vaqt yo‘qotishiga, transport vositalarining asossiz to‘xtab turishiga olib kelmoqda.

Mazkur masala yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda ushbu svetoforlarning tungi vaqtdagi ish rejimini qayta ko‘rib chiqish, transport oqimini o‘rganish hamda zaruratdan kelib chiqib sariq miltillovchi rejimga o‘tkazish imkoniyatlarini tahlil qilish so‘ralgan.

Fuqarolarimizning murojaatlari va takliflari doimiy e'tiborda bo‘lib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boriladi.

Slide 1 of 2