Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
📍 Murojaatlar ijrosi amalda

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri Izzat Masharipov hamda tuman Kengashi deputati Dilmurod Qo‘shnazarov tomonidan Madaniyat, Beshchiqir va Po‘lat mahallalari aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida bildirilgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.
Jumladan, Madaniyat mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan elektr energiyasi tarmoqlari simlari uchun qo‘shimcha to‘sin o‘rnatish masalasi yuzasidan murojaat kelib tushgan edi. Mazkur murojaat deputatlar va tegishli soha mutaxassislari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rildi.
Natijada elektr tarmog‘idagi mavjud muammo bartaraf etilib, murojaat ijobiy hal etildi.
Bu kabi ishlar fuqarolar murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash hamda hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5