Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Deputat qurilish obyektida bo‘ldi.

Deputat qurilish obyektida bo‘ldi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 19-Farovon saylov okrugi deputati Rahima Mamatmirzayeva tomonidan 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosining yangidan barpo etilayotgan qismi, qurilish-montaj ishlarining borishi, qurilish materiallarining sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.Deputat tomonidan ta’lim muassasasida zamonaviy va qulay sharoitlarni yaratish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur infratuzilmani shakllantirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur obyektning foydalanishga topshirilishi natijasida o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 1