Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Ijtimoiy xodim faoliyati

Ijtimoiy xodim faoliyati

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 19-Farovon saylov okrugi deputati Mamatmirzayeva Raxima tomonidan Farovon mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Madina Jo‘rayevaning ish faoliyati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida mahalladagi ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, yolg‘iz keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy xizmatlarning manzilliligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan ijtimoiy xodim faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, aholining ijtimoiy muammolarini tizimli hal etish va davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan fuqarolarning to‘liq foydalanishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlar mahallalarda ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish, aholining turmush farovonligini oshirish hamda fuqarolar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1