Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Ekologiya sohasiga oid qonun va Kengash qarori ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 6-Yangihayot saylov okrugidan saylangan deputat Sahobiddin Xadjikulov nomidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sunatillo Begmatov tomonidan Zarbdor tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2026-yil 8-maydagi VII-27-81-3-49-K/26-sonli “Zarbdor tumani Yangikent mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ‘Yashil bog‘’ tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida ekologik nazoratni amalga oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🌳Shuningdek, tuman Kengashining VII-27-81-3-49-K/26-sonli qaroriga muvofiq Yangikent mahallasi hududida “Yashil bog‘” tashkil etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi, ko‘chat ekish ishlari, hududni obodonlashtirish hamda loyihaning amalga oshirilish holati o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ekologik qonunchilik talablariga rioya etish, “Yashil bog‘” loyihasi doirasida belgilangan ishlarni jadallashtirish hamda qabul qilingan qarorlar ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3