Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
TOSHKESGAN MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining Reglament va odob-axloq masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Zafar Umurzakov, tuman Kengashiga 19-Toshkesgan saylov okrugidan saylangan deputat Olim Mamato'rayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Husan To'rayevlar tomonidan “Toshkesgan” mahallasida hokim yordamchisining umumiy faoliyati samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Oʻrganishlar davomida mahalla hokim yordamchisining umumiy faoliyati samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Asosiy eʼtibor quyidagilarga qaratildi:
Hokim yordamchisining umumiy faoliyati: Mahallaning "oʻsish nuqtalari" (drayverlari) asosida mikroloyihalarni ishga tushirish, xonadonbay reyting tizimi, oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar ajratish va "Individual reja"lar ijrosi;
Bandlik va ijtimoiy koʻmak: Profilaktika inspektori tomonidan aniqlanib, axborot tizimi orqali hokim yordamchisiga yuborilayotgan band boʻlmagan va ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish hamda kasb-hunarga yoʻnaltirish holati;
Mavsumga tayyorgarlik: Mahallada kuz-qish mavsumi uchun koʻmir mahsulotiga ehtiyojmand xonadonlar roʻyxatining haqqoniyligi va portal orqali tasdiqlanishi.
Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berilib, masʼulning hisoboti tuman Kengashi doimiy komissiyalarida muhokama qilinishi belgilandi.

Slide 1 of 2