Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Deputat so'rovi
 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich deputatlik so‘rovi yoʻlladi

📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, mahallani obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, Infratuzilmani yaxshilash masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Bekjanovga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Bekjanovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢 Taxiatosh tumani “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘inidagi “Urush qatnashchilari” yodgorligi (Памятник) ning yon-atroflarida obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash ishlariga zarurat tug‘ilayotganligi yuzasidan rasmiy javob olish maqsadida asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishni so‘radi.

📥 Deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Slide 1 of 1