Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔰Saylov okrugida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masʼullarning hisobotlari yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli saylov okrugida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔹Shahar Kengashining "Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi B.Toshpo‘latov, Kengash kotibiyati mudiri M.Adilova hamda shahar Kengashi deputati K.Yarmatov tashabbusi bilan “Sayxon” MFY hududida tashkil etildi. Tadbirda sohadagi tegishli mutasaddi tashkilot va korxonalar vakillari ham ishtirok etdi.

🔹Komissiya aʼzolari va ishchi guruh vakillari mahalla hududidagi ichimlik suvi, obodonlashtirish, ichki yo‘llarning holati, piyodalar yo‘lakchalari hamda jamoat transporti qatnovi o‘rganildi. O‘rganish jarayonida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar va infratuzilmadagi mavjud kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilot vakillariga aniq ko‘rsatmalar berildi va ijrosi komissiya nazoratiga olindi. 

Slide 1 of 6