Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Qonun ustuvorligi va samaradorlik: "Jayhun" mahallasida deputat va mahalla faollari faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov shahardagi “Jayhun” mahallasida bo‘lib, o‘rganishlar olib bordi.

💬Kotibiyat mudiri A.Ashurov Kengash deputati G.Abramatovaning o‘tgan davr mobaynidagi deputatlik faoliyatini tahlil qildi.

💬 Xususan:
🟢Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari va muloqotlarining tizimliligi;
🟢Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ularga yechim topish darajasi;
🟢Kengash qarorlari ijrosini ta'minlashdagi shaxsiy faolligi.

💬 Deputat va kotibiyat mudiri hamkorlikda mahallada aholi bilan bevosita ishlovchi mas’ullarning faoliyatini amaldagi qonunchilik talablari asosida o‘rgandilar:

🟢Yoshlar yetakchisi faoliyati: O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar muammolarini hal etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

🟢Ijtimoiy xodim faoliyati: O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-sonli “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ehtiyojmand oilalar, keksalar va nogironligi bor shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam sifati hamda uning manzilliligi ko‘rib chiqildi.

💬 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla faollari va deputat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash hamda aholi muammolarini "mahalla-bay" hal etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2