Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — KELAJAGIMIZ KAFOLATI!
янв.21
1-sinfga qabul jarayonlari deputat nazoratida.
янв.21
Xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyat – yurtimiz yoshlari uchun yana bir yuksak e’tirof!
янв.21
Gagarin ko‘chasini M-37 avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi ko‘chada asfaltlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
Mahalladagi muammolar joyida o‘rganildi.
янв.21
Chilkuduk MFYda yangi ko‘prik qurilishi bilan tanishildi.
янв.21
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Huquqiy savodxonlik – adolatli boshqaruvning muhim omili

Huquqiy savodxonlik – adolatli boshqaruvning muhim omili

O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 14-dekabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda ma’qullangan.

Mazkur qonunning asosiy maqsadi ma’muriy organlar faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Ushbu qonun davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada shaffof va adolatli tashkil etishga xizmat qiladi. Xususan, litsenziya berish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsatnomalar ajratish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarida aniq tartib va tamoyillarni belgilaydi.

Huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda mazkur qonunning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish hamda amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish esa bu boradagi eng muhim vazifalardan biridir